Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elnur Abduraimov professional boksdagi uchinchi jangida ham raqibini nokautga uchratdi
Foto: E1RU
10 noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida RCC Boxing Promotions promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan professional boks kechasida yana bir o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqdi.
Jahon chempionati sovrindori va Osiyo chempioni Elnur Abduraimov bu oqshomda professional ringdagi uchinchi jangini o‘tkazdi. U braziliyalik Aele Meskuitaga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.
Shu tariqa, Abduraimov professional ringdagi uchinchi jangida ham nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Ma'lumot uchun, havaskor boksda 64 kg vazn toifasida ishtirok etgan, «Uzbek Tigers» jamoasi sobiq a'zosi bo‘lgan Elnur Abduraimov shu yilning fevralida professional boksga o‘tgandi.
U 30 sentabr kuni prof ringdagi debyutini o‘tkazgan va ilk jangda amerikalik Aron Hollinsni nokautga uchratgandi.
Shu yilning 18 oktyabrida esa u Kaliforniya shtati Indio shahridagi Fantasy Springs Casino arenasida amerikalik Jovanni Gonsalesni ringga qulatib, ikkinchi jangida g‘alaba qozongandi.
Aele Meskuita professional ringda shu vaqtgacha 19 jang o‘tkazib, 17 g‘alabaga erishgan va 2 marta mag‘lub bo‘lgandi.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025