Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kattaqo‘rg‘onda 6 yoshli qizaloq o‘z ukasi yotgan beshikka o‘t qo‘yib yubordi
Samarqand viloyatida 6 yoshli qizcha 2 oylik ukasi yotgan beshikni yoqib yubordi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, 10 noyabr kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi 6 yoshli D.T. ismli qizaloq oila a'zolari tomonidan nazoratsiz qoldirilishi natijasida gugurt o‘ynab xonadagi beshikni yoqib yuborgan.
Natijada yong‘in uy egalari tomonidan o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatda qizaloq va uning beshikda yotgan ikki oylik ukasi A.T. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Ayni vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Vazirlik yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmaslikni so‘ragan.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025