Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron YeIning AQShdan qurol sotib olish uchun harbiy xarajatlarni oshirishiga qarshi chiqdi
Foto: REUTERS
Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Yevroittifoq davlatlari mudofaa byudjyetini Amerika qurollarini ommaviy ravishda sotib olish uchun emas, balki o‘z mustaqilligini mustahkamlash uchun oshirish kerak deb hisoblaydi. U bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
"Men Yevropa davlatlari Amerika qurollarini yoki Amerikada ishlab chiqarilgan materiallarni sotib olish uchun mudofaa xarajatlarini oshirishlarini ko‘rishni istamayman. Menimcha, biz o‘z mustaqilligimizni mustahkamlash uchun xarajatlarni ko‘paytiramiz", dedi Makron.
Tramp Twitter orqali Makronning Yevroittifoq boshqa davlatlardan, jumladan AQShdan ham himoyalanish uchun o‘z armiyasiga ega bo‘lishi kerakligi haqidagi so‘zlarini haqoratli deb atagani borasida esa u shunday javob berdi: "Men Twitter orqali diplomatiya olib borishdan ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yoki savol-javobni ma'qul ko‘raman. U NATOdagi yuklamalar yaxshi taqsimlanishini istamoqda va bu fikrga qo‘shilaman".
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yelisey saroyida Makron va Tramp uchrashuv o‘tkazgandi.
Mavzuga oid
11:54 / 24.05.2025
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi
11:10 / 24.05.2025
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:13 / 23.05.2025