«Real» Solari bilan yangi bitim tuzganini e'lon qildi

Foto: Quality Sport Images/Getty Images
So‘nggi haftalar davomida «Real» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelgan Santyago Solari doimiy lavozimga tayinlandi. Bu haqdagi ma'lumotni «Real» rasmiy sayti tasdiqlagan.
Rasman ma'lum qilinishicha, murabbiy bilan shartnoma 2021 yil 30 iyuniga qadar muddatga imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, kecha madridliklar rahbariyati Ispaniya qirollik futbol federatsiyasiga ushbu tayinlov haqida bildirgi jo‘natgani xabar qilingan edi.
Ma'lumot uchun, «Real» Solari qo‘l ostidagi to‘rtta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, umumiy 15:2 to‘plar nisbatini qayd etdi. U 1929 yildan keyin klub boshqaruviga kelgan barcha murabbiylardan yaxshiroq startni qayd eta oldi. Ayni paytda jamoa La Ligada 12 turdan so‘ng 6-o‘rinni egallab turibdi, peshqadam «Barselona» bilan orada 4 ochkolik farq bor.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik murabbiy 29 oktabrdan buyon «Real» asosiy jamoasini shug‘ullantirib kelmoqda. U bunga qadar klubning yoshlar jamoasi «Kastilya»ga ustozlik qilayotgandi.
Mavzuga oid

16:55
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi

19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi

12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi

02:38 / 03.04.2025