Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobod tumanida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
Bugun soat 10:01da Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Kuch va vositalarni boshqarish markaziga Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi 160-uyda joylashgan “Stroyteploizolyatsiya” mas'uliyati cheklangan jamiyatning sintepon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘inni o‘chirishga 14 ta asosiy va 3 ta maxsus yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb qilingan.
Yong‘in soat 10:34da qurshab olingan. Ayni vaqtda yong‘inni batamom o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Tan jarohati olganlar haqida ma'lumot yo‘q.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025