Jamiyat | 13:40 / 16.11.2018
23983
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Nega aynan «Maselko»?

O‘zbekiston aholisi soni ortib borayotgani sari, iste'mol tovarlariga bo‘lgan ehtiyoj ham kun sayin oshmoqda. Ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab barchasidan yuqori.

Xususan, yog‘-moy mahsulotlari eng talabgir va xaridorgir mahsulotlar sirasiga kiradi. Tobora yuksalib borayotgan iqtisodiy sharoit tufayli yurtimizda bugungi kunda aynan shu yo‘nalishda o‘z mahsulotlarini xalq iste'moli uchun taqdim etayotgan korxonalar talaygina. Ularning orasida «Good Food Group» kompaniyasi alohida ajralib turadi. Bu kompaniyaning mahsulotlari «Maselko» nomi bilan mashhur.

Xo‘sh, nega aynan «Maselko»ni tanlashimiz kerak?

Uni tanlashimiz uchun 5ta asosiy sabab bor: 

1. Yuqori sifat; 
2. Ekologik toza va tabiiy ingrediyentlardan iborat mahsulotlar; 
3. Betakror ta'm; 
4. O‘ta yuqori gigiyenik sharoitda tayyorlanganligi; 
5. Ishlatish uchun juda qulay qadoq va asosiysi hamyonbop narxlar. 

«Maselko» saryog‘, margarin, quyiltirilgan sut va mayonez singari bir necha turdagi mahsulotlarni taklif etadi. 

Foto: Maselko
Foto: Maselko
Foto: Maselko

Ma'lumki ko‘pgina ishlab chiqaruvchilar tannarxni arzonlashtirish, mahsulot uzoq muddat saqlanishi, shuningdek, ta'm berish uchun saryog‘ va margarinlar tarkibiga turli zararli qo‘shimchalar, ayniqsa, bolalar uchun xavfli bo‘lgan «E525» singari qo‘shimchalardan foydalanishadi. «Maselko»ning afzal taraflaridan biri, birinchi navbatda, inson salomatligini inobatga olgan holda ishlab chiqarishni amalga oshirishdir. «Maselko»ning har bir saryog‘ va margarinining o‘ramida yog‘lilik miqdori ko‘rsatilgan. Bu esa tanlash imkonining kengligini anglatadi. Ayniqsa, krem uchun maxsus saryog‘ ko‘pgina uy bekalarining asosiy yordamchisiga aylangan. Chunki uning me'daga tegmaydigan yoqimli ta'mi barcha shirinliksevarlarga xush kelsa, tayyorlanishda qulayligi bekalarning ishini yengillashtiradi. 

Foto: Maselko
Foto: Maselko
Foto: Maselko
Foto: Maselko

«Maselko» mayonezlari ham turli-tuman va rang-barangdir. Ular o‘zining nisbatan arzon narxi va yuqori sifati bilan boshqa mayonezlardan ajralib turadi. Yog‘lilik darajasining past turlari ham borki, bu ortiqcha vazn muammosini o‘ylamay, lazzatli yeguliklarni bemalol iste'mol qilish imkonini beradi. «Maselko» mayonezlari o‘zining ajoyib ko‘rinishi bilan salatlarga ham betakrorlik va unutilmas ta'm baxshida etadi. Eng muhimi, unda zararli kimyoviy moddalar yo‘q. 

Quyiltirilgan sut yosh-u qarining sevimli mahsulotlaridan biri. «Maselko» bu borada ham iste'molchilarning manfaatlarini inobatga olgan. Keng turdagi mahsulotlar xaridorga o‘ziga ma'qul kelganini tanlashga imkon beradi. Uning kichik qadoqlisi kichik oilalarga mos kelsa, ko‘p miqdorlisi katta oilalar uchun ayni muddao. Qadoqlanishi ham foydalanish uchun nihoyatda qulay. Ayniqsa, tort va pishiriqlar uchun «Maselko» quyiltirilgan sutlari juda ham mos. U shirinliklarga o‘zgacha lazzat bag‘ishlaydi. Pazanda bekalar uchun «Maselko» quyiltirilgan sutini «Maselko»ning krem uchun maxsus sariyog‘i bilan birgalikda foydalanishda tavsiya qilardik. Birgalikdagi betakror lazzat hech kimni befarq qoldirmasligi shubhasiz. 

Foto: Maselko
Foto: Maselko
Foto: Maselko
Foto: Maselko

Farzandlarimizning sog‘lom va kuchli ulg‘ayishi uchun, albatta, ovqatlanishning o‘rni beqiyos. Sifatsiz va notabiiy yeguliklar inson salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi barobarida uning umrini qisqartirishi ham bor gap. Yog‘lar inson taomnomasining asosiy qismi. Sifatli va tabiiy, eng muhimi ishonchli yog‘ mahsulotlari borasida hech ikkilanmay «Maselko»ga murojaat qilishingiz mumkin. «Maselko» sizning sog‘lig‘ingiz va taomdan huzurlanishingiz uchun qayg‘uradi. Mahsulotlarining yuksak sifati, beqiyos ta'mi, hamyonbop narxlari tufayli bir necha yillardan buyon iste'mol bozori va peshtaxtalarning oldini mustahkam egallab, o‘z imijini qat'iy saqlab kelmoqda. 

«Maselko» — siz bilan, har joyda har dam!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid