Jamiyat | 17:50 / 07.08.2019
12505
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Maselko” yangi bosqichda – endi u “Halol” sertifikatiga ham ega!

O‘zbekistonda sanoat tarmoqlari bisyor. Ammo ularning hammasi ham import mahsulotlar bilan sifat va narx borasida teng raqobatga kirisha olmaydi. Lekin yurtimiz oziq-ovqat sanoati yutuqlari talaygina va bu sohaning xalqimiz dasturxonini aynan o‘zimizda ishlab chiqarilgan sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirayotgani ko‘p marta e'tirof etilgan.

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati vakillari orasida “Good Food Group” kompaniyasi alohida ajralib turadi. Bu kompaniyaning mahsulotlari xalqimiz orasida “Maselko” nomi bilan mashhur.

“Good Food Group” kompaniyasi O‘zbekiston prezidentining joriy yil 1 maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK-4302-sonli qarorida ko‘zda tutilgan talablarni amalga oshirish borasida faoliyat yuritmoqda va ishlab chiqarishni kengaytirmoqda.

Kompaniya “Maselko” nomi bilan turli xildagi spred va margarinlar, quyultirilgan sut, mayonezlar, 20 xildan ortiq to‘ldirgichlar, chili sousi , qandolatchilik kremi va shaffof glazurlari singari bir necha turdagi mahsulotlarni taklif etadi va ularning hammasiga – yuqori sifat, betakror ta'm, ekologik toza va tabiiy ingrediyentlardan iborat xomashyo, yuqori gigiyenik sharoitda tayyorlanganlik, ishlatish uchun juda qulay qadoq va asosiysi hamyonbop narxlar kabi xususiyatlarni jo etadi.

Faoliyatini bundan 7 yil oldin, 2012 yilning 12 aprelida yo‘lga qo‘ygan kompaniya bugungi kunda 3 ta ishlab chiqarish korxonasi (Good Food Group, Good Food Organic, Top Oil) ish olib bormoqda va 1000 (ming) ga yaqin kishini ish bilan ta'minlagan.

Bugungi kunda kompaniya tomonidan yuzdan ortiq nomdagi mahsulotlar ishlab chiqarilib, xaridorlarga taqdim etiloqda.

“Maselko” xaridorlari talabchan, nima xarid qilishni va mahsulot sifatiga e'tibor qaratishni yaxshi bilishadi. Bunga javoban kompaniya ham kundan-kunga yangi-yangi marralarni egallashga harakat qiladi.

Ana shunday yutuqlardan biri, o‘zbekistonlik aksar xaridorlar uchun juda ahamiyatlisi kompaniya faoliyati yo‘lga qo‘yilganligining 7 yilligi munosabati bilan 2019 yilning 12 aprelida qo‘lga kiritildi. 

“Maselko” “Halol” sertifikatiga ega bo‘ldi!

Demak, endi biz «Maselko» mahsulotlarini nafaqat sifati, ta'mi va hamyonbop narxlari, balki xalqimizning azaliy e'tiqodlariga mos jihatlari uchun ham qadrlasak arziydi.

“Maselko” — siz bilan, har joyda, har dam!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid