Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G20 davlatlari yarim yil ichida 481 mlrd dollarlik importni taqiqlashdi
Katta yigirmatalik davlatlari may o‘rtasidan oktabr o‘rtasigacha 481 mlrd dollarga mahsulotlar importini taqiqlashdi. Bu haqda Jahon savdo tashkilotining dokladida aytilgan.
“G20 davlatlari tomonidan kiritilgan yangi savdo cheklovlari 481 mlrd dollarga baholangan va o‘tgan davrga nisbatan 6 marta ko‘proqdir hamda bunday birinchi hisob-kitoblar olib borilayotgan 2012 yildan beri eng katta ko‘rsatkichdir”, deb aytilgan dokladda.
Dokladga ko‘ra, shu bilan birga ko‘rilayotgan davr ichida “importni yengillashtirish bo‘yicha choralar ancha kengaygan”. Bu choralar 216 mlrd dollarlik savdoga taalluqli bo‘lgan.
Shu munosabat bilan JST bosh direktori Robertu Azevedu “dokladdagi ma'lumotlar jiddiy tashvish solishini aytgan va vaziyatni yumshatish bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rishga chaqirgan”.
Mavzuga oid
20:34 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
15:52 / 11.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
22:40 / 08.04.2025
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
08:43 / 03.04.2025