Jamiyat | 09:38 / 28.11.2018
6361
2 daqiqa o‘qiladi

16 ming dollarga yer olib berishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beshariq tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 2018 yil 24 noyabrda tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda fuqarolar B.G‘. va B.I. oldindan til biriktirib, Beshariq tumani Yakkatut qishlog‘ida joylashgan tuman hokimligi zaxirasidagi 16 sotix yer maydonini uy-joy qurish va noturar joy sifatida foydalanish uchun har bir sotixini 1000 AQSh dollaridan jami 16 000 AQSh dollariga sotishga va keyinchalik tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga fuqaro N.X.dan 7.500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar B.G‘. va B.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «v» bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid