Jahon | 08:26 / 28.11.2018
6774
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada kolumbiyalik og‘ufurushlarning 4 ta samolyoti urib tushirildi

Foto: TASS/ZUMA

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro oxirgi 15 kun ichida kolumbiyalik og‘ufurushlarning 4 ta samolyoti urib tushirilganini ma'lum qildi. 

“Bu 15 kun ichida Venesuela osmonida parvoz qilmoqchi bo‘lgan, biroq bolivar harbiy-havo kuchlariga to‘qnash kelgan Kolumbiya narkotrafigining 4 ta samolyoti urib tushirildi”, deb aytgan Maduro davlat televideniyesi orqali.

Uning aytishicha, mamlakat harbiy-havo kuchlarining bu harakatlari milliy hukumat tomonidan Venesuela hududidagi noqonuniy kuchlarga qarshi olib borilayotgan ishdan darak beradi.

Maduro 2013 yilda narkomafiyaning Venesuela hududidan uchib o‘tuvchi har qanday samolyoti urib tushirilishiga ijozat beruvchi qonun me'yori tasdiqlanganini ma'lum qilgandi. Bu qonun loyihasini ishlab chiqishni sobiq prezident Ugo Chaves taklif qilgan, so‘ngra parlament hujjatni ma'qullagan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid