Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomashinani olib qochgan maktab o‘quvchisi qo‘lga olindi
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 28 noyabr kuni Olmazor tumanida yashovchi 224-sonli o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi, muqaddam sudlangan I.M. “Farhod” yarmarkasi oldidagi 14-blokda joylashgan avtomashinalarni ta'mirlash ustaxonasida, xususiy tadbirkor U.S. tomonidan ta'mirlash uchun qoldirgan “Kobalt” avtomashinasini haydab qochgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida I.M. yuqoridagi yarmarka oldida shu hududda xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Avtomashina texnik soz holda egasiga topshirilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025