Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aren Robben «Bavariya»dan ketishini e'lon qildi
«Bavariya» yarimhimoyachisi Aren Robben mavsum yakunida klubni tark etishi haqida ma'lum qildi.
«Bu mening «Bavariya»dagi oxirgi mavsumim.
Men bu klubda ajoyib 10 yilni o‘tkazdim», – degan futbolchi.
Ayni vaqtda 34 yoshda bo‘lgan futbolchi myunxenliklar jamoasi safida 2009 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Robben joriy mavsumda 9 o‘yinda maydonga tushdi va 3 gol urdi.
U «Bavariya»da 10 mavsum davomida 305 o‘yinda maydonga tushgan hamda jami 143 golga mualliflik qilgan. Robben nemis klubi bilan bu davr mobaynida 7 marta Bundesliga chempioniga aylangan, 5 marta Superkubokka ega chiqqan, bir martadan Chempionlar ligasi va UYeFA Superkubogida g‘olib bo‘lgan.
Mavzuga oid
16:58 / 29.07.2022
«Chelsi» «transfer o‘g‘risi» sifatida tanilgandi, endi o‘zi ham «o‘g‘rilar» qurboni bo‘lmoqda
20:40 / 04.07.2019
Aren Robben faoliyatini yakunladi
17:50 / 29.01.2019
De Xeadan Robbengacha. Yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan 14 futbolchi
23:10 / 30.11.2018