Isroilda Armanistonda soxta diplomlar olgan 40 tibbiy xodim qo‘lga olindi
Isroil politsiyasi Armanistonda berilgan soxta diplomlar asosida sog‘liqni saqlash vazirligining litsenziyasini olgan 40 shifokor va farmatsevtni qo‘lga oldi.
Ta'kidlanishicha, qo‘lga olingan tibbiy xodimlar Armanistondagi universitetning tibbiyot va farmatsevtika fakultetlarida ta'lim olishgan. Ular vazirlikka mutaxassislik bo‘yicha diplomlarni taqdim qilishgan, vaholanki bilim yurtida uzoq vaqt o‘qishmagan va barcha imtihonlarni topshirishmagan. Ularning bir qismi shifoxonalarda va boshqa tibbiy muassasalarda ishlagan.
Ma'lum qilinishicha, politsiya anonim shikoyatlardan keyin ushbu holat yuzasidan tergov boshlagan. Gumonlanuvchilar butun mamlakat bo‘ylab qo‘lga olingan. Ularning uylarida tintuv o‘tkazilgan.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, bu odamlarning barchasi turli davlatlardagi tibbiy fakultetlarda ta'lim olishgan, biroq o‘qishni eplay olmagach, firibgarga murojaat qilishgan. Firibgar esa ularni o‘zi soxta hujjat olgan Armanistondagi universitetga jo‘natgan.
Ular Yerevandagi universitetda qisqa vaqt “ta'lim olib”, imtihonlarni topshirmay diplom olishgan.
Gumonlanuvchilardan ko‘pchiligi o‘z yurtida diplomni tasdiqlab, litsenziya imtihonlaridan o‘tib, ishga joylashishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:10 / 17.11.2024
Turkiya Isroil prezidentining samolyotini o‘z havo hududiga kiritmadi - OAV
20:12 / 17.11.2024
Isroil zarbasi oqibatida «Hizbulloh» matbuot kotibi halok bo‘ldi
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
09:20 / 16.11.2024