Sport | 22:54 / 03.12.2018
4040
2 daqiqa o‘qiladi

UYeFA harbiy vaziyat amal qilayotgan hududlarda o‘yinlarni o‘tkazishni taqiqladi

Foto: EPA\UPG

UYeFA ijroiya qo‘mitasi harbiy vaziyat tartibi kiritilgan hududlarda o‘yinlarni o‘tkazishni taqiqladi. Bu haqda 3 dekabrda UYeFA matbuot xizmati ma'lum qildi.  

Ta'kidlanishicha, ushbu qaror ijroiya qo‘mitasining 3 dekabrdagi yig‘ilishida qabul qilingan.   

Shuningdek, harbiy vaziyat amal qilayotgan hudud orqaligina borish mumkin bo‘lgan boshqa hududlarda ham o‘yinlar o‘tkazish taqiqlanadi.

UYeFA noyabr oxirida Ukrainaning ba'zi hududlarida harbiy vaziyat kiritilgani sababli Ukrainaning “Vorskla” jamoasining Yevropa ligasi guruh bosqichida Londonning “Arsenal”iga qarshi uy uchrashuvining Poltavadan Kiyevga ko‘chirilishini e'lon qilgandi. 

“Vorskla”dan tashqari, bu taqiqlov Donetskning “Shaxtyor” klubiga ham taalluqli bo‘ladi. Avvalroq “Shaxtyor”ning “Lionga” qarshi 12 dekabrda Xarkovda o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuvi boshqa shaharga ko‘chirilishi ma'lum qilingan.

Ayni vaqtda Ukrainaning 10 ta viloyatida Kerch bo‘g‘ozidagi oxirgi voqealar sababli harbiy vaziyat tartibi kiritilgan. Harbiy vaziyat tartibi 26 noyabrda kiritilgan va 30 kun amal qiladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid