Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Banklar tomonidan naqd pul muomalasiga oid ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Markaziy bank boshqaruvining “O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018 yil 24 fevraldagi 7/14-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
18-bandning ikkinchi xatboshisidagi “(inkassatsiya xizmatining kechki tashrifidan so‘ng kassaga kirim qilingan naqd pullar o‘rnatilgan limitga kiritilmaydi)” degan so‘zlar “(bank kassasiga kirim qilish uchun topshirilgandan so‘ng kassaga kirim qilingan naqd pullar o‘rnatilgan limitga kiritilmaydi)” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
28-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank O‘zbekistondagi makroiqtisodiy vaziyat uchun asosiy xatarlarni ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
12:24 / 08.01.2025
“Jarima chiptasizlar uchun” – Toshkent avtobuslarida yo‘lkirani naqd pulda to‘laydiganlarga jarima solinishi rad etildi
17:00 / 07.12.2024
Toshkent shahri avtobuslarida naqd pul o‘rniga qanday to‘lov qilish mumkinligi tushuntirildi
17:00 / 09.08.2024
Tanlovning hududiy bosqichlari yakunlandi
19:10 / 15.07.2024