O‘zbekiston | 09:59 / 18.12.2018
12074
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston BMT rezolyutsiyalaridan birining hammuallifiga aylandi

Foto: EPA

Dushanba kuni BMT Bosh assambleyasi Rossiya Federatsiyasining natsizmni ulug‘lashga qarshi, BA Uchinchi qo‘mitasi tomonidan ma'qullangan rezolyutsiya loyihasini ko‘rib chiqdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Rezolyutsiyani qabul qilish uchun 129 davlat ovoz berdi, 54 davlat betaraf qoldi. Faqat Ukraina va AQSh qarshi chiqdi.

Loyiha mualliflariga Jazoir, Angola, Armaniston, Bangladesh, Belarus, Benin, Boliviya, Burkina-Faso, Burundi, Venesuela, Vetnam, Gayana, Gvineya, Zimbabve, Qozog‘iston, Xitoy, Kongo, Shimoliy Koreya, Kot-d'Ivuar, Kuba, Laos, Mali, Myanma, Niger, Nigeriya, Nikaragua, Pokiston, Rossiya, Suriya, Sudan, Tojikiston, Togo, Uganda, O‘zbekiston, Markaziy Afrika Respublikasi, Eritreya, Efiopiya, JAR va Janubiy Sudan aylandi.

Rezolyutsiya, xususan, irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qilish va samarali amalga oshirishga chaqiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Ukrainaning Qrim bo‘yicha rezolyutsiyasiga qarshi ovoz bergani xabar qilingandi.

Mavzuga oid