Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ellikqal'adagi xonadonda yong‘in yuz berdi. Uy ichidan to‘rt kishining jasadi topildi
2018 yil 20 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal'a tumanida Sarbiy OFYda joylashgan uyda yashagan fuqaro S.B.ning uyida yong‘in sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, yong‘in oqibatida uyning 165 kv metr maydonida tomi, shifti va uy jihozlari hamda «VAZ 2106 Jiguli» rusumli mashina yonib zararlangan.
Yong‘inga 4ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan ko‘rilgan harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan.
Yong‘inni o‘chirish vaqtida uyning ichidan uy egalarining to‘rt nafari kuygan holdagi jasadlari topilgan.
Yong‘inni kelib chiqish sababi aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025