O‘zbekiston | 14:43 / 23.12.2018
6299
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatorini tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 dekabr – imperator tavalludi kuni munosabati bilan Yaponiya imperatori Akixitoni tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Imperator Akixito 1933 yil 23 dekabrda Tokio shahrida tavallud topgan bo‘lib, ayni paytda u dunyodagi yagona hukmdor imperator hisoblanadi.

Imperator tavalludi kuni Yaponiyada davlat bayrami sifatida nishonlanadi. Bu haqdagi qonun 1873 yilda qabul qilingan. Mamlakat konstitutsiyasida imperator — «davlat va Yaponiya xalqi birdamligining ramzi» ekanligi ta'kidlangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid