Sport | 15:27 / 24.12.2018
12336
2 daqiqa o‘qiladi

Isko jamoadoshlari bilan jahon chempionligini nishonlashdan bosh tortdi

Foto: Getty Images

«Real» yarimhimoyachisi Isko yana bir mojaro markazida bo‘lib turibdi.

Marca`ning yozishicha, u klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finali o‘yinidan so‘ng, jamoa bilan suratga tushish va stadion bo‘ylab g‘alabani nishonlash marshida ishtirok etishdan bosh tortgan hamda darhol kiyim almashtirish xonasiga ravona bo‘lgan. Uning ortidan darvozabonlar Keylor Navas va Kiko Kasilya, himoyachi Dani Karvaxal ham ichkariga yo‘l olishgan.

Ya'ni ular chempionlikni nishonlash va jamoadoshlari bilan xursandchilik qilish, ularning davrasida g‘alaba onlaridan bahra olishni lozim topishmagan.

Foto: Getty Images

Isko chempionat yarimfinalidagi «Kashima Antlers»ga qarshi o‘yinda (3:1) 25 daqiqa to‘p surgan bo‘lsa, «Al-Ayn» bilan bo‘lgan finalni (4:1) oxirigacha zaxira o‘rindig‘ida kuzatdi. Chempionlik bahsida mezbonlar darvozasini ishg‘ol etgan jamoa sardori Serxio Ramos o‘z golini aynan Iskoga bag‘ishlagan edi.

OAVda Iskoga asosan ikki klub –«Manchester Siti» va «Yuventus» da'vogar sifatida ko‘rsatilmoqda.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid