Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyalik prokurorlar Gulnora Karimovaga ko‘p millionli pora bergan Telia sobiq rahbarlariga maksimal jazo so‘radi
Shvetsiyalik prokurorlar 19 dekabr kuni Stokgolm sudida Telia telekommunikatsiya kompaniyasi sobiq rahbarlari ishi bo‘yicha o‘tkazilgan so‘nggi eshituvlarda ayblanuvchilar uchun korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar sababli eng qattiq jazo berishni so‘rashdi.
19 dekabr kuni Stokgolmda Telia (sobiq TeliaSonera) Shvetsiya telekommunikatsiya kompaniyasi sobiq rahbarlari ishi bo‘yicha to‘rt oy davom etgan eshituvlar tugadi. Eshituvlarning birinchi kuni shu yil 4 sentyabrida boshlandi.
Telia kompaniyasining sobiq ijrochi direktori Lars Nyuberg, 2003-2007 yillarda Telia moliyaviy direktori va vitse-prezidenti, 2007-2012 yillar ushbu kompaniya Yevroosiyo biznes yo‘nalishi rahbari bo‘lgan Tero Kivisaari, shuningdek, Yevroosiyo biznes yo‘nalishi bosh maslahatchisi Uli Tuima sudlanmoqda.
Ularning uch nafari O‘zbekiston birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimovaga Telia kompaniyasi (brend mahalliy nomi Ucell) O‘zbekiston bozoriga kirishi va mamlakatning kuch tuzilmalaridan «himoya» evaziga 350 mln dollar pora berganlikda ayblanmoqda.
Prokurorlarning so‘nggi eshituvlar vaqtida ma'lum qilishicha, Telia kompaniyasining O‘zbekiston mobil aloqa bozoriga kelishi jarayoniga rahbarlik qilgan Tero Kivisaari korruptsion sxemada asosiy shaxs bo‘lgan. Ayblovchilar suddan unga 7 yil-u 9 oyga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlashni so‘rashdi.
Shvetsiya qonunchiligiga ko‘ra, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar 6 oydan 6 yilgacha bo‘lgan qamoq muddati bilan jazolanadi.
Prokurorlar Telia’ning yana ikki sobiq rahbari - Lars Nyuberg va Uli Tuimaga ham qamoq jazosi so‘rashdi.
Xabar berilishicha, prokurorlar ular uchun Tero Kivisaaridan biroz kamroq muddat so‘rashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Gulnora Karimovaga qarshi sanksiyalarni uzaytirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025