Sport | 19:40 / 30.12.2018
5158
2 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» London derbisida g‘alaba qozondi va o‘rnini mustahkamladi

APLning 20-turi doirasida London derbisi bo‘lib o‘tdi. Unda «Kristal Pelas» mehmoni bo‘lgan «Chelsi» kichik hisobda g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 51-daqiqada Ngolo Kante tomonidan urildi. Unga David Luiz assistentlik qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «ko‘klar» hisobidagi ochkolar soni 43taga yetdi va jamoa beshinchi o‘rindagi «Arsenal» bilan oradagi farqni 5taga yetkazdi. 14-pog‘onadagi «Kristal Pelas»ning o‘rni o‘zgarmay qoldi.

«Chelsi» navbatdagi turda «Sauthempton»ni qabul qiladi, «Kristal Pelas» esa «Vulverhempton» maydoniga safar qiladi. Ikki uchrashuv ham 2 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Kristal Pelas – Chelsi 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 51 Kante.
Kristal Pelas – Guaita, Tomkins, van Anxolt, Uan-Bissaka, Sako, Kuyate (Mayyer, 78), Milivoyevich, Taunsend, Makartur, Zaa, Shlupp (Uikxem, 69).
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Barkli (Kovachich, 88), Jorjino, Villian (Emerson, 82), Kante, Azar, Jiru (Morata, 76).
Ogohlantirish: Alonso (10).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid