Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotada Islom Karimov nomidagi ko‘cha paydo bo‘ldi
Qozog‘istonning Olmaota shahri maslihati (hokimiyati) qarori bilan shahardagi ko‘chalardan biriga O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov nomi berildi.
Maslihatning navbatdan tashqari sessiyasida 185 ta ko‘chaning qayta nomlanishi ma'qullangan.
Qayta nomlangan ko‘chalardan 20 tasiga atoqli shaxslar nomlari, qolganiga esa tarixiy-geografik va milliy nomlar berilgan.

Qayta nomlangan ko‘chalar shaharning 5 ta tumanida joylashgan. Ko‘chalar nomini o‘zgartirish bo‘yicha ishlar 2018 yil boshida aholining ko‘plab shikoyatlaridan keyin boshlangan. Shahardagi nomsiz yoki bir xil nomdagi ko‘chalar aholiga salbiy ta'sir ko‘rsatgan. Misol uchun, buning natijasida tez yordam, politsiya chaqirtirish va shu kabi vaziyatlarda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.
Hozirda Olmaotada 2,5 mingga yaqin ko‘cha bo‘lib, ulardan 349tasi bir xil nomlarga ega bo‘lgan. Misol uchun, shaharda Abay nomli 12 ta, Jabayev nomli 13 ta, Rayimbek botir nomli 8 ta va shu kabi nomi bir xil ko‘chalar talaygina bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:06 / 20.04.2025
Qozog‘istonda o‘tkazilgan yarim marafon vaqtida ikki kishi vafot etdi
17:55 / 09.04.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan to‘qqiz nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi
12:17 / 25.03.2025
Olmaotada yashovchi shaxs advokat sifatida ChatGPT'dan foydalandi va sudda yutib chiqdi
17:39 / 22.03.2025