Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magnitogorskdagi fojiada Tojikiston fuqarosi jarohat olgan
Tojikistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi diplomatlari Magnitogorskda ko‘p qavatli uy yo‘lagining qulashi oqibatida jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan mamlakat fuqarosiga zarur yordam ko‘rsatmoqdalar, uning oila a'zolarini qidirish davom etyapti. Bu haqda TASS Tojikistonning Rossiyadagi elchixonasiga asosan xabar berdi.
«Mavjud ma'lumotga ko‘ra, Tojikistonning bir fuqarosi jonlantirish bo‘limida qolmoqda, uning ahvoli juda og‘ir. Bu shaxsning oila a'zolari qayerda ekani noma'lum, katta ehtimol bilan, ular vayronalar ostida qolgan, - deya ta'kidlab o‘tdi diplomatik vakolatxona vakili. - Bizning xodimlarimiz zarur yordam ko‘rsatmoqda».
«Elchixona xodimlari kechadan beri Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa vazirliklar bilan aloqada bo‘lib turibdi. Konsullik okrugiga Magnitogorsk shahri kiruvchi, bizning Yekaterinburgdagi bosh konsulimiz ham tegishli organlar bilan aloqada hamda fojia yuz bergan joyda», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan suhbatdosh.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Magnitogorsk shahrida ko‘p qavatli uy qulashining fojiali oqibatlari munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga chuqur hamdardlik bildirgandi.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024