Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga O‘zbekiston nomzodi ilgari suriladi
BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga 2021-2023 yillarga saylanishi uchun O‘zbekiston nomzodi ilgari suriladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Rejada:
BMTga a'zo davlatlarning O‘zbekistonning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga nomzodini qo‘llab-quvvatlashga erishish maqsadida ular bilan muzokaralar olib borish;
O‘zbekistonda inson huquqlarini ta'minlash va inson rivojlanishi sohasida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida materiallarni tayyorlash
va BMTga a'zo davlatlar o‘rtasida tarqatish bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Bajarish muddati - yil davomida, ijro uchun mas'ullar - TIV, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar.
Shuningdek, BMTning “Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasi qabul qilinishi ilgari suriladi. Bu borada amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda:
Konventsiya loyihasini keng miqyosda xalqaro ko‘mak olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi doimiy vakolatxonalari va boshqa diplomatik vakolatxonalarida taqdimot va davra suhbatlari, brifinglar o‘tkazish orqali maqsadli tushuntirish ishlarini amalga oshirish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - yil davomida, ijro uchun mas'ullar - TIV, Oliy Majlis Senati, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Yoshlar ittifoqi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025