Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Bezoslar mojarosi bo‘yicha yangi ma'lumot berdi
Amerikaning Amazon kompaniyasi asoschisi Jyeff Bezos rafiqasi Makkenzi Bezos ajrashish jarayoni o‘z nihoyasiga yetganidan so‘ng eri mol-mulkining yarmini oladi. Bu haqda TMZ portali xabar bermoqda.
Nashrdan aytishlaricha, Bezoslar ajrashish uchun ariza topshirgan Vashington shtati qonunlariga binoan, birgalikda ishlab topilgan mulk er-xotin o‘rtasida teng ravishda taqsimlanadi. Bunga yagona to‘siq nikoh shartnomasi bo‘lishi mumkin, ammo TMZ ma'lumotlariga ko‘ra, Jyeff va Makkenzi o‘rtasida bunday kelishuv mavjud emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bloomberg agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, Jyeff Bezosning xotini Makkenzi Bezos ajrashish jarayonidan so‘ng dunyodagi eng boy ayolga aylanishi mumkin ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi
20:44 / 07.05.2025
8 yoshli bola onasining telefonidan 70 ming dona konfet buyurtma qildi
13:24 / 30.04.2025
Oq uy Amazon'ning boj miqdorlarini oshkor etish rejalarini tanqid qildi
07:50 / 29.04.2025