O‘zbekiston | 14:47 / 16.01.2019
37124
2 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways Dreamliner bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi

Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi Boeing-787 Dreamliner samolyotlari haqida tarqalgan xabarlardan so‘ng rasmiy axborot bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, Uzbekistan Airways xalqaro standartlarga mos tushuvchi parvozlarni bajarishda davom etyapti, Uzbekistan Airways aviaparki tarkibidagi barcha havo kemalari rejali texnik ko‘rik va modifikatsiyadan muntazam ravishda o‘tkaziladi, ular vaqtida samolyotlar reyslardan olinadi. 

«Milliy aviakompaniya yo‘lovchilari o‘rgangan darajadagi parvozlar xavfsizligini ta'minlash uchun ushbu jarayonlar yangi havo kemalariga, jumladan, Boeing-787 Dreamliner’ga ham qo‘llaniladi.

Avval xabar berilganidek, Milliy aviakompaniya Drimlaynerlaridan biri rejali xizmat ko‘rsatish va modifikatsiyaga yo‘llangan, ularning yakuni bo‘yicha xuddi shu turdagi ikkinchi havo kemasi ham bunday jarayonlarga yuborildi», - deyiladi MAK xabarida.

Qayd etilishicha, bu borada noto‘g‘ri ma'lumot tarqalishining oldini olish maqsadida Uzbekistan Airways tomonidan Boeing va General Electric kompaniyalari vakillari ishtirokida brifing tashkil etiladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yana bir Dreamliner ishdan chiqqani, Uzbekistan Airways hozircha rasman izoh bermagani xabar qilingandi.

Mavzuga oid