Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijda yashovchi o‘zbekistonliklar xorijga chiqish pasportini elchixonalar orqali olishi mumkin bo‘ladi
Davlat personallashtirish markazi rahbari Najmiddin To‘raxo‘jayevning ma'lum qilishicha, hozir ana shunday imkoniyatni yaratish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Toshkent shahar IIBB rahbariyati va Davlat personallashtirish markazi rahbari Najmiddin To‘raxo‘jayev ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda yangi joriy qilingan xorijga chiqish pasporti haqida atroflicha ma'lumot berildi. Xususan xorijda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari bunday pasportlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkinligiga oid savollarga N. To‘raxo‘jayev shunday javob berdi:
– Albatta, bunday imkoniyat bo‘ladi, biz hozir shuning ustida ishlayapmiz va 2019 yil oxiriga qadar xorijiy davlatlardagi elchixonalarimiz hamda konsullik bo‘limlarimiz orqali bu jarayonni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz. Ta'kidlashim kerakki, bu yerda eng nozik masala fuqarolarimizga oid ma'lumotlarning maxfiy tutilishidir. Xorij bilan aloqada esa internetdan foydalanishimizga to‘g‘ri keladi va bunda xavfsizlikka e'tibor berish zarur.
Ma'lum qilinishicha, 2019 yilning dastlabki 14 kunida Toshkent shahri bo‘ylab xorijiy pasport olish uchun 8 mingdan ortiq ariza topshirilgan va dastlab murojaat qilganlarning aksariyatiga xorijiy pasportlar berilishi boshlangan.
Xorijiy pasportlar 1 yoshgacha bo‘lganlarga 2 yilga, 16 yoshgacha bo‘lganlarga 5 yilga, undan yuqorilarga 10 yil muddatga beriladi.
Mavzuga oid
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
23:14 / 22.04.2025
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
21:40 / 15.04.2025
Turkiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga olib kelindi
14:50 / 23.03.2025