Jahon | 14:55 / 24.01.2019
9355
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko soxta xabarlardan shikoyat qildi

Foto: RIA Novosti / Vitaliy Belousov

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minsk Rossiya bilan ushbu davlat rahbariyati qay darajadagi hamkorlikka tayyor bo‘lsa, shunga tayyorligini bildirdi va OAVni soxta xabarlar tarqatishdan tiyilishga chaqirdi.

"Biz birodar Rossiya bilan bu davlat rahbariyati o‘zaro hamkorlikka qanchalik tayyor bo‘lsa, shunchalik tayyormiz. Faqat har qanday soxta xabarlar, uydirmalar, OAVda turli mavzularning chaynalishiga qarshimiz", dedi Lukashenko Novosibirsk oblasti gubernatori Andrey Travnikov bilan uchrashuvda.

U Minskda belaruslar ruslarni do‘pposlashayotgani haqidagi xabarlarga javob qaytarish vaqti kelganini bildirdi.

"Aniqlashsa, u yerda ikkita ahmoq belarus bir-birini turtib yuborgan, mushtlashishgan, Internetdan buni olishib, markaziy OAVda kimdir rus kishisini do‘pposladi deb aylantirishdi", dedi Lukashenko Minsk metrosida sodir bo‘lgan janjal haqida.
"U odamning ruslarga aloqasi yo‘q... Demak, bu mavzuga talab bor",-dedi Belarus prezidenti.

Mavzuga oid