Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda darsliklar uchun kengaytirilgan reallik tizimi yaratiladi
Xalq ta'limi tizimida axborot tizimlari va ma'lumotlar bazalarini joriy etish dasturi muhokama uchun joylashtirildi.
Xususan, dasturda o‘quv darsliklar uchun kengaytirilgan reallik (AR) yaratish ham nazarda tutilgan.
Bunda xalqaro tajribalardan kelib chiqib o‘quv jarayonidagi asosiy darsliklarda ishlatilgan rasmlar 3D ko‘rinishga o‘tkaziladi; darsliklardagi rasmlar (obekt) haqida zarur ma'lumotlarni ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi; ma'lumotlarni o‘zlashtirish darajasi oshiriladi.
Taxminiy muddati - 2019 -2020 yillar. Ijrochi - Xalq ta'limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi. Moliyalashtirish manbai - Xalq ta'limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktablarni kompyuter texnikasi bilan ta'minlash dasturi tasdiqlanishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
15:16 / 12.12.2024
2025 yilda darsliklar ijarasi uchun to‘lov olinmaydi
18:42 / 30.10.2024
Maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lov tiklanishi mumkin
14:50 / 23.10.2024
Misrda ingliz tilidagi ilk O‘zbek tili grammatikasi darsligi yaratildi
11:54 / 29.09.2024