Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Siti» va «Yunayted» to‘xtatildi, «Arsenal» 93-daqiqada g‘alaba golini urdi
29-30 yanvar kunlari Angliya Premer-ligasida 24-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Seshanba kungi bahslarda bir qator e'tiborli natijalar qayd etildi. Xususan, «Manchester Siti» esa «Nyukasl» maydonidan mag‘lubiyat bilan qaytdi. «Manchester Yunayted» esa o‘z maydonida «Bernli»ni qabul qilib, oxirgi 5 daqiqadagi gollar evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. «MYu»ning ochko yo‘qotishidan u bilan teng ochkoga ega «Arsenal» unumli foydalana oldi: «to‘pchilar» o‘z maydonlarida «Kardiff» bilan bahsning 90+3-daqiqasidagi gol evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritishdi.
Angliya chempionati, 24-tur
29 yanvar
Vulverhempton – Vest Hem 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 66 Saiss, 2:0 – 80 Ximenes, 3:0 – 86 Ximenes.
Haddersfild – Everton 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 3 Risharlison.
Chetlatish: Din (66, Everton).
Fulhem – Brayton 4:2 (0:2, 4:0)
Gollar: 0:1 – 3 Myurrey, 0:2 – 17 Myurrey, 1:2 – 47 Chembers, 2:2 – 58 Mitrovich, 3:2 – 74 Mitrovich, 4:2 – 79 Vetto.
Arsenal – Kardiff 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 66, penalti Obameyang, 2:0 – 83 Lyakazett, 2:1 – 90 Mendes-Leyng.
Arsenal – Leno, Lixshtayner (Jyenkinson, 60), Mustafi, Monreal, Kolashinats, Torreyra, El-Nenni (Ivobi, 46), Genduzi, Ozil (Remzi, 76), Lyakazett, Obameyang.
Nyukasl – Manchester Siti 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 1 Aguero, 1:1 – 66 Rondon, 2:1 – 80, penalti Ritchi.
Nyukasl – Dubravka, Yyedlin, Sher, Lassels, Lejyen, Ritchi, Peres (Mankilo, 90), Xeyden, Longstaff, Atsu (Kenedi, 87), Rondon.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Stounz, Laport, Danilo (Gyundogan, 83), de Bryuyne (Bernardu Silva, 65), Fernandino, Silva, Sterling, Aguero, Sane (Gabriel Jyezus, 73).
Manchester Yunayted – Bernli 2:2 (0:0, 2:2)
Gollar: 0:1 – 51 Barns, 0:2 – 81 Vud, 1:2 – 87, penalti Pogba, 2:2 – 90 Lindelef.
Manchester Yunayted – De Xea, Yang, Lindelef, Djons, Shou, Matich, Mata, Pereyra (Lingard, 63), Pogba, Reshford, Lukaku (Sanches, 67).
30 yanvar (Toshkentda 31 yanvarga o‘tar kechasi)
00:45. Bornmut – Chelsi
00:45. Sauthempton – Kristal Pelas
01:00. Tottenhem – Uotford
01:00. Liverpul – Lester
Mavzuga oid
17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
02:17 / 08.05.2025