Ispaniya kubogi. «Mestalya»dagi dramada Rodrigo bosh qahramonga aylandi

Ispaniya Kubogining chorak final javob uchrashuvlari boshlandi.
O‘tgan hafta birinchi o‘yinda «Xetafe»dan 0:1 hisobida yengilgan «Valensiya» javob bahsi yakuniga ko‘ra keyingi bosqichga chiqa oldi. «Mestalya»dagi uchrashuvda ham «Xetafe» hisobni ochdi: 38-soniyadayoq mehmonlarning 36 yoshli hujumchisi Xorxe Molina gol urdi. Ammo ikkinchi bo‘limda Rodrigoning het-trigi «Valensiya»ni qutqardi.
Rodrigo 61-daqiqada hisobni tenglashtirgan edi. Shundan so‘ng o‘yinning asosiy vaqti tugaganida ham umumiy hisob bo‘yicha 2:1 bo‘lib turgan, «Valensiya» keyingi bosqichga chiqish uchun ikkita gol urishi kerak edi. Qo‘shib berilgan 7 daqiqaning ikkinchi va uchinchi minutlarida Rodrigo ana o‘sha uddalab bo‘lmasdek tuyulgan vazifani bajardi: jarima maydoni markazidan turib, o‘ziga uzatilgan to‘plarni darvozaga joylab qo‘yib, jamoasini chorak finalga olib chiqdi.
Ispaniya kubogi, 1/4 final
29 yanvar
Valensiya – Xetafe 3:1 (0:1, 3:0)
Gollar: Rodrigo (60, 90+2, 90+3) - Molina (1)
Valensiya – Domenek, Garay, Gayya, Pichchini (Li Kan In, 71), Gabriel, Vass (Cheryshev, 56), Soler (Gameyro, 86), Parexo, Ferran Torres, Santi Mina, Rodrigo.
Xetafe – Chichisola, Dakonam, Antunesh, Suares, Kabrera, Portilo (Duro, 67), Flamini (Arambarri, 57), Maksimovich, Kristoforo (Bruno Gonsales, 78), Mata, Molina.
Ogohlantirishlar: Mata (10), Suares (20), Dakonam (25), Portilo (43), Chichisola (44), Gabriel (45), Santi Mina (46), Garay (68), Molina (84), Rodrigo (90+4), Arambarri (90+7).
Chetlatishlar: Dakonam (74), Diakabi (90+10), Bruno Gonsales (90+10).
Birinchi o‘yin: 0:1
Keskin kurashlarga boy o‘tgan o‘yin janjal-to‘polon bilan yakunlandi.
30 yanvar
23:30. Betis – Espanol (1:1)
01:30. Barselona – Sevilya (0:2)
31 yanvar (Toshkentda 1 fevralga o‘tar kechasi)
01:30. Jirona – Real Madrid (2:4)
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
O‘zbekiston | 11:02
-
G7 moliya vazirlari Rossiyaga sanksiyalarni kuchaytirish bilan tahdid qildi
Jahon | 10:22
-
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
O‘zbekiston | 10:18
-
Ayrim shifokorlarga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi
O‘zbekiston | 09:49
Mavzuga oid

02:38 / 03.04.2025
Ispaniya kubogi. «Barselona» «Atletiko»ni yarimfinalda qoldirib ketdi. Finalda «El Klasiko» bo‘ladi

03:01 / 03.03.2023
Ispaniya Kubogi. «Barselona» Madriddagi yarimfinalda «Real»ni mag‘lub etdi

15:34 / 17.04.2021
Angliyada «Chelsi» - «Man. Siti», Ispaniyada kubok finali, Italiyada esa YeChL yo‘llanmalari uchun kurash. Hafta o‘yinlari anonsi

08:41 / 01.03.2019