Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yana bir olimpiada chempioni professional boksga o‘tmoqda
Boks bo‘yicha Rio olimpiadasi chempioni (-52 kg) Shahobiddin Zoirov faoliyatini professional boksda davom ettiradi. Bu haqda Go Sport xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Zoirov Ispaniyaning mashhur promouterlik kompaniyalaridan biri bo‘lgan MTK Global bilan kelishuvga erishgan. Hozircha shartnoma shartlari ma'lum emas.
Zoirovdan tashqari Rio olimpiadasining yana bir ishtirokchisi Xurshid Tojiboyev (-60 kg) ham mazkur promouterlik kompaniyasi bilan muzokara olib bormoqda. Hozircha shartnoma imzolanishi borasida aniq ma'lumotlar yo‘q.
Shahobiddin Zoirovning professional boksdagi faoliyatini boshlashi uchun Ispaniyada ishlash huquqini beruvchi vizaga ega bo‘lishi lozim bo‘ladi. Yevropa ittifoqi tarkibiga kiruvchi davlatga ishchi vizasini olish esa ma'lum vaqt talab qiladi. Zoirov mazkur vizaga ega bo‘lgach, Ispaniyaga jo‘nab ketishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025