Jahon | 08:00 / 04.02.2019
8234
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil G‘azo sektori chegarasida “aqlli” devor qurishni boshladi

Foto: EPA

Isroil mudofaa vaziri davlat G‘azo sektori bilan chegarada takomillashgan devor qurishni boshlaganini e'lon qildi. Bu haqda The Jerusalem Post nashri ma'lum qildi. 

Yangi to‘siqning uzunligi 65 kmni, balandligi 6 metrni tashkil qiladi. U ruxlangan po‘latdan tayyorlangan bo‘ladi va umumiy og‘irligi 20 ming tonnaga yaqinni tashkil qiladi. Loyiha mudofaa vazirligining muhandislik-qurilish departamenti va Isroil chegara va kanalizatsiya xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

“Aqlli” devor yer osti to‘siqlari va uch qatlamli dengiz to‘sig‘ini o‘z ichiga oluvchi majmuaning yakunlovchi qismi bo‘ladi.
 
“Devor G‘azodan hududimizga terrorchilar kirishining oldini oladi. G‘azoda yashovchilar jim yurmasalar, biz hech ikkilanishsiz harakat qilishimizni anglashlari lozim”, deb aytgan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu.  
 
Ayni vaqtda G‘azo sektori Isroildan tikanakli sim to‘siq va qorovul vishkalari bilan ajratilgan.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid