Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samolyotning bagaj qo‘yiladigan tokchasida 30 santimetrlik chayon topildi
Indoneziyaning Pekanbaru shahridan Jakartaga yo‘nalayotgan samolyotda favqulodda hodisa yuz berdi. Yo‘lovchilardan biri bagaj qo‘yiladigan tokchada katta o‘lchamli chayonni aniqlagan. Bu haqda Mirror nashri xabar berdi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot aeroportga qo‘nganda, yo‘lovchilardan biri bagaj tokchasini ochib u yerdan sumkasini olmoqchi bo‘lganda, 30 santimetrlik chayonga ko‘zi tushgan.
Bunday holatdan yo‘lovchilar sarosimaga tushib, yugura boshlashgan va yo‘lakda tiqilinch yuzaga kelgan. Aeroport xodimlari yetib kelishganda, chayon qochib ketishga ulgurgan. Aviakompaniya xodimlari odamlarni xavotirga qo‘ygan “qoidabuzarni” aniqlashga va'da berishgan.
Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Mavzuga oid
23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi
23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
23:57 / 09.05.2025