Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Vetnamga safari davomida «Yirtqich»da harakatlanadi
Amerika prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, kelasi hafta KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuv vaqtida, «Yirtqich» nomli o‘z limuzinida Vetnam bo‘ylab sayohat qiladi. Bu haqda VnExpress yozmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Vetnam poytaxti aeroportiga ikkita prezidentlik avtomobili olib borilgan. Ta'kidlanishicha, Trampning «Yirtqich»lari barcha zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan, shuningdek, ularda kimyoviy hujumdan himoya sifatida kislorod balloni hamda qon quyish uchun uskunalar bor.
Bundan tashqari, Amerika yetakchisining tashrifi uchun vertolyot, texnik qo‘llab-quvvatlovga ikki mashina va AQSh rahbari samolyotiga yoqilg‘i quyish mashinasi tayyorlangan.
Hozirgi vaqtda KXDR rahbari Kim Chen In Vetnam poytaxti bo‘ylab nimada harakatlanishi ma'lum emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDRning AQSh bilan ikkinchi sammitdagi rejasi aytilgandi.
Mavzuga oid
09:34 / 05.08.2024
Viyetnam prezidenti To Lam Kompartiya Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi etib saylandi
11:54 / 26.08.2023
AQShning «manglayidagi qora dog‘» – amerikaliklar Vetnamdagi qishloq aholisini nega qatliom qilgandi?
18:30 / 23.05.2023
«General asirni o‘ldirdi, men fotoapparatim bilan generalni o‘ldirdim» – Vetnam urushining shafqatsizliklari tasvirlangan surat tarixi
11:11 / 23.03.2023