Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jazoir prezidenti iste'foga ketishga va'da berdi. Biroq saylovlardagi g‘alabadan keyin
Jazoir prezidenti, 82 yoshli Abdulaziz Butafliqa aprelda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarida ishtirok etmoqchiligini ma'lum qildi, biroq ularda g‘alaba qilgandan keyin iste'foga ketishga va'da berdi.
Butafliqaning vakili tomonidan televideniye orqali o‘qib eshittirilgan bayonotiga ko‘ra, u qayta saylangandan keyin bir yil ichida muddatdan avval saylovlar tashkillashtirishga tayyor.
1 mart kuni Butafliqaning navbatdagi prezidentlik muddatiga o‘z nomzodini ilgari surishini e'lon qilganiga javoban Jazoirda ko‘p minglik norozilik namoyishlari boshlanib ketgan.
Butafliqa hozirda Jyenevadagi shifoxonada qolmoqda. U bu yerga 2 mart kuni og‘ir ahvolda yotqazilgan. Oxirgi vaqtda Jazoirda mamlakatni 1999 yildan beri boshqarib kelayotgan Butafliqaning o‘z vazifalarini bajarishga layoqatli ekanligiga shubha bildirib kelinmoqda.
Mavzuga oid
23:02 / 12.05.2025
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
11:30 / 16.04.2025
Parij 12 nafar jazoirlik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboryapti
14:20 / 15.04.2025
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti
14:11 / 10.11.2023