Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uaylder Joshuaga qarshi ringga chiqishga va'da berdi
Butunjahon boks kengashi (WBC) yo‘nalishi bo‘yicha og‘ir vazn toifasidagi jahon chempioni Deontey Uaylder super og‘ir vazndagi jahon chempioni Entoni Joshua bilan jang o‘tkazishga tayyorligini ma'lum qildi.
Sportchining ishqibozlarni ishontirishicha, bunday bahs albatta amalga oshadi.
«Joshua bilan jang bo‘ladi. Bu jang o‘tkaziladi. Men odamlar bu bahsni ko‘rish yoki ko‘ra olmasliklari haqida tashvishlanishlarini istamayman. Sizlar Deontey Uaylderning Entoni Joshuaga qarshi shousini ko‘rasiz. Biz bir chempion, bir shaxs, bir nom bo‘lamiz va bu yaqin orada sodir bo‘lishi mumkin. Sizlar faqat kutishingiz lozim. Bu sodir bo‘ladi, men barchani tinchlantirishni xohlayman, biroz vaqt talab etiladi», - deya Uaylderning so‘zlarini keltiradi Thaboxingvoice.
Bundan oldin, WBC prezidenti Mauritsio Sulaymon chempion Dominik Brizil bilan ringda uchrashishga majbur ekani haqida ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uaylder va Fyuriga takroriy jang o‘tkazish uchun ruxsat berilgandi.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025