O‘zbekiston | 21:25 / 13.03.2019
7713
5 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Inson kapitalini rivojlantirish loyihasiga qo‘shilgan mintaqaning birinchi davlati -​ Jahon banki

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida (TSMRI) bo‘lib o‘tgan seminar davomida Jahon banki «Inson kapitalini rivojlantirish» loyihasini va O‘zbekistonda ta'lim sohasining hozirgi holatini tahlil qiluvchi ma'ruzaning asosiy xulosalarini taqdim etdi.

TSMRI dagi seminarda manfaatdor vazirliklar va idoralar, ta'lim sohasi, xalqaro tashkilotlar va diplomatiya korpusi, xususiy soha vakillari, jurnalistlar va talabalar ishtirok etgan.

Inson kapitali – kishilar o‘z hayoti mobaynida yig‘ib boradigan, ularga jamiyatning foydali a'zolari sifatida salohiyatini amalga oshirishiga imkon beradigan bilimlari, ko‘nikmalari va salomatligidir.

Ovqatlanish va sog‘liqni saqlashni yaxshilash, sifatli ta'lim berish, ish o‘rinlarini yaratish va kasbiy ko‘nikmalarga o‘rgatish asosida insonlarga sarf qilinadigan davlat investitsiyalari inson kapitalining rivojlanishiga ko‘maklashadi.

Seminar ishtirokchilari 2018 yilda Jahon banki «Inson kapitalini rivojlantirish» loyihasi – global tashabbusidan xabardor bo‘ldi.

Ushbu loyiha uchta komponentdan iborat:

* Inson kapitalining indeksi, sog‘liqni saqlash va ta'limning fuqarolarning keyingi avlodi mehnatining unumdorligiga va daromadlari darajasiga kiritayotgan hissasini o‘lchaydi;

* ta'lim va sog‘liqni saqlash sohasida tadqiqotlarga va natijalarini haqqoniy baholashga ko‘maklashish dasturi, davlatlarga qanday choralar real samara berishi, va resurslarni nimalarga yo‘naltirish lozimligi haqida aniq tasavvur hosil qilishga yordam beradi;

* Jahon banki tomonidan inson kapitalini rivojlantirish yo‘lida to‘siqlarni bartaraf etishdan manfaatdorligini bildirgan deyarli 40 ta jahon davlatlariga, shu jumladan O‘zbekistonga beriladigan qo‘llab-quvvatlash.

«O‘zbekiston huqumati iqtisodiyot o‘zgarishlari va davlatning kelajagi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan inson kapitalini rivojlantirishga davlat investitsiyalari muhimligini e'tirof etadi.

Biz mamnuniyat bilan, O‘zbekiston 2018 yilda Inson kapitalini rivojlantirish loyihasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlagan jahonning boshqa 27 ta davlatlariga qo‘shilgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlat bo‘lganligini bildiramiz», — deb aytdi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasining rahbari Xideki Mori.

Inson kapitalini rivojlantirish loyihasi muhokama qilinganidan keyin auditoriyaga, shuningdek, O‘zbekistonda ta'lim sohasi uchun hozirgi muammolarni tahlil etuvchi Jahon bankining oxirgi ma'ruzasining asosiy xulosalari taqdim etilgan.

Ma'ruza maktabgacha, o‘rta va oliy ta'lim tizimlarining har tomonlama sharhidan iborat bo‘lib, ta'lim olish muammolari, uning sifati va O‘zbekiston mehnat bozorining va iqtisodiyotining ehtiyojlariga muvofiqligi muammolariga e'tibor qaratadi.

Ma'ruzada ta'lim sohasining joriy ko‘rsatkichlar va uning samaradorligi ta'rifi hamda ta'limga oid islohotlar amalga oshiriladigan shart-sharoitlarning ta'rifi keltirilgan. U davlatning ta'lim sohasini isloh qilish borasida taraqqiyotga erishgan jabhalarini va keyingi yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jabhalarini baholashni o‘z ichiga olgan.

Ta'lim sohasidagi vaziyatning tahliliga asoslanib, Jahon bankining ekspertlari bir qator tavsiyalarni ishlab chiqib, hukumat vakillariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etishdi. Joriy islohotlarning xususiyatlarini va yo‘nalishini aks ettiruvchi ushbu islohotlar quyidagi sohalarda o‘zgarishlar boshlanishini amalga oshirishni taklif etadi:

* maktabgacha ta'lim sohasida ilk ta'limning sifatini va undan foydalanish imkonini oshirish;

* pedagogik kadrlarning tayyorgarligi sifatini oshirish hisobiga ta'lim berish va o‘qitish shart-sharoitlarini yaxshilash;
o‘qitish natijalarini baholashning mavjud standartlari va tizimlarini takomillashtirish;

* bitiruvchilarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida o‘quv dasturlarini va o‘qitish usullarini moslashtirish;

* nogironligi bo‘lgan kishilarga ta'lim sohasidan foydalanish imkonini ta'minlash yo‘li bilan, inklyuziv ta'lim olishga ko‘maklashish;

* davlatning mehnat bozori va iqtisodiyotining ehtiyojlariga javob beradigan bitiruvchilarning ko‘nikmalari va malakalarini rivojlantirish.

Jahon banki O‘zbekistonda umumiy qiymati 3.4 mlrd. AQSh dollariga yaqin bo‘lgan 19 ta loyihani amalga oshiradi. Ular O‘zbekiston hukumatining fuqarolar farovonligini oshirishga va davlatda barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishga qaratilgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.​

Mavzuga oid