Muzli qoyaga chiqish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi
Ugom-Chotqol tog‘ tizmasida joylashgan Chimyon tog‘ining “Kattako‘ksoy” jarligidagi muz qoyaga chiqish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston ochiq chempionati o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Kun.uzʼga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Vazirlikning Tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashq markazida o‘tkazilgan mazkur chempionat O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda alpinizm bilan shug‘ullanib yurgan professional sportchilarning qatnashishi ta'minlandi.
Chempionat ishtirokchilaridan qiyaligi 85–90 daraja, balandligi 15 metr bo‘lgan muzli qoyaga tezkorlik bilan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda chiqish talab etildi.



Yakuniy natijalarga ko‘ra, Mudofaa vazirligi Tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashq markazining harbiy alpinistlari dastlabki uchta pog‘onaning barchasini band etgan bo‘lsa, “Alp Vostok” jamoasi, shuningdek, O‘zbekiston alpinizm va qoyaga chiqish federatsiyasi vakillari o‘z ko‘rsatkichlari bilan ishtirokchilar orasida ajralib turdi.
G‘olib va sovrindorlarga faxriy yorliq, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mavzuga oid

19:54
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi

20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi

09:10 / 19.02.2025
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari

16:55 / 22.01.2025