Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston BMT Aholishunoslik jamg‘armasiga 10 ming dollar o‘tkazib beradi
O‘zbekiston BMTning Aholishunoslik jamg‘armasiga 10 ming AQSh dollari miqdordagi mablag‘ni ixtiyoriy ravishda o‘tkazib beradi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi farmoyishida aytilgan.
Xususan, hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining BMT Aholishunoslik jamg‘armasiga 10 ming dollar miqdorida mablag‘ni ko‘ngilli tarzda o‘tkazib berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan.
Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi budjeti qo‘shimcha manbalari hisobidan 10 ming dollar miqdoridagi mablag‘ni Tashqi ishlar vazirligi xarajatlar smetasi parametrlariga ajratadi.
Mablag‘ O‘zbekiston Respublikasining Nyu-York (AQSh)dagi bosh konsulxonasi bank hisobidan valuta mablag‘larini o‘tkazib berish orqali taqdim etiladi.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025