Jamiyat | 19:04 / 22.03.2019
3223
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Nagoya madaniyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi

Poytaxtda Yaponiyaning Nagoya shahri madaniyati va turmush tarziga bag‘ishlangan suratlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deya xabar beradi uzbekistan.travel sayti.

Ko‘rgazma Nagoya shahri meriyasi, "O‘zbekiston-Nagoya" Do‘stlik hamjamiyati, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon-saroyi va O‘zbekiston yapon tili o‘qituvchilari assotsiatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan. 

Fotosuratlar ko‘rgazmasi doirasida shuningdek "O‘zbekiston-Nagoya" Do‘stlik hamjamiyati taqdimoti hamda Nagoya milliy taomlari taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi. Nagoya milliy taomlari yapon oshxonasining tajribali oshpazlari tomonidan tayyorlanadi.

Ko‘rgazmaga kirish erkin. Taqdimotda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish zarur. Buning uchun o‘z ma'lumotlaringizni (ism, familiya, otasining ismi) [email protected] elektron pochtasiga yo‘llash kerak bo‘ladi.

Rejaga ko‘ra, tadbir soat 13:00 dan 16:00 gacha o‘tkaziladi.

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid