Jizzax va Samarqand viloyati hokimlari Samarqandda o‘zlari o‘qigan maktablarga kitoblar sovg‘a qilishdi - fotolar
Prezident Shavkat Mirziyoyev xayrli tashabbusni ilgari surib, bosh vazirdan boshlab har bir rahbarni o‘zi ta'lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilishga da'vat etgan edi. Barcha rahbarlar mazkur tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, uni umumxalq harakatiga aylantirishda faollik ko‘rsatishmoqda.
Bu ezgu tashabbusdan ko‘zlangan maqsad — o‘sib kelayotgan yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini, mehrini va intilishini oshirish, kitobxonlikni ommaviylashtirishdan iborat, albatta. Zero, kitob insonni tarbiyalaydi, ulg‘aytiradi, yuksak odob-axloqni, insoniy fazilatlarni shakllantiradi. Kitob o‘qib voyaga yetgan farzand avvalo chuqur bilimga, keng dunyoqarashga, mustaqil fikrga, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega bo‘ladi.
Shunday ezgu tushabbus doirasida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev o‘zlari o‘qigan maktablarga kitoblar tarqatishdi.
Erkinjon Turdimov shu kuni Qo‘shrabot tumani aholisi uchun sayyor qabul tashkil etib, aholi murojaatlarini tinglagach, o‘zi o‘qigan Qo‘shrabot tumanidagi 64-, 41- va 19-umumiy o‘rta ta'lim maktablarining har biriga 200ga yaqin badiiy kitoblar sovg‘a qildi.
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ham Samarqand shahridagi o‘zi o‘qigan 29-maktab o‘quvchilariga 200 dona kitob sovg‘a qildi.
— Bugun prezidentimiz tomonidan boshlab berilgan xayrli ishga barcha rahbarlar o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Maktabimizdan yurtimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilayotgan 180dan ziyod ziyoli, ma'rifatparvar insonlar yetishib chiqishgan, — deydi 29-maktab direktori Xoliqov Faxriddin. — Ular ichida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ham bor. To‘g‘risi, kutilmagan sovg‘adan men va butun maktab jamoamiz xursand bo‘ldik. Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan odilona islohotlarni amalga oshirishda bel bog‘lagan Ergash Saliyevdek insonlar bizning maktabda tahsil olgani barchamizni quvontirdi.
O‘z muxbirimiz.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024