Sport | 10:55 / 02.04.2019
3174
1 daqiqa o‘qiladi

«Atletiko» prezidenti: «Ming foizga aniq – Grizmann safimizda qoladi»

Foto: Juan Manuel Serrano Arce/Getty Images

«Atletiko» prezidenti Enrike Sereso jamoa hujumchisi Antuan Grizmann klubni tark etmasligini ma'lum qildi.

«U keyingi mavsumda ham «Atletiko»da qolishini tasdiqlayman. 1000 foizga aniq – u ketmaydi», – degan Sereso RTVE jurnalistlari bilan suhbatda.

O‘tgan hafta fransiyalik hujumchi «Barselona»ga o‘tish uchun maoshining anchaga kamayishiga ham rozi ekani, u kataloniyaliklar klubi texnik kotibi Erik Abidal bilan aloqaga chiqqani xabar qilingandi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid