Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg reytingi: Alisher Usmonov 16,3 mlrd dollar bilan 70-o‘rinni egalladi
Bloomberg 2 aprel kuni dunyodagi 500 nafar milliarder reytingini e'lon qildi. Reytingga 4 milliard dollar va undan ortiq pulga ega shaxslar kirdi, ular orasida asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan ikki kishi bor.
Namanganda tug‘ilib, ayni paytda Rossiyada yashovchi Alisher Usmonov reytingda 70-o‘rinni egalladi. Uning boyligi 16,3 milliard dollarga baholanmoqda. Reyting mualliflariga ko‘ra, milliarderning boyligi bir yilda 2 milliard dollarga ko‘paygan.
O‘tgan oydagi reytingda Usmonov 15,5 milliard dollar bilan 68-o‘rinni egallagandi.
1963 yilda Buxoroda tug‘ilgan va Ural tog‘-metallurgiya kompaniyasi rahbari bo‘lgan Iskandar Mahmudov 4,8 milliard dollar bilan 385-o‘rindan joy oldi.
Foto: Dmitriy Duxanin / «Kommersant'»
2018 yilda Bloomberg Iskandar Mahmudov 2,4 milliard dollar yo‘qotgani va Rossiyaning 14 milliarderi orasida ikkinchi o‘rinni egallagani haqida yozgandi.
Amazon elektron savdo servisi asoschisi va rahbari Jyeff Bezos bu yil 150 milliard dollar bilan reytingda birinchi o‘rinni egalladi. Uning boyligi yil davomida 24 milliard dollarga ko‘paydi.
Microsoft asoschisi Bill Geyts ro‘yxatda ikkinchi o‘rindan joy oldi. Uning boyligi 101 milliard dollarga baholanmoqda. Uchinchi o‘rinni Louis Vuitton Moet Hennessy egasi, fransiyalik Bernar Arno egalladi (89 milliard dollar).
Mavzuga oid
19:37 / 18.04.2025
Bloomberg O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin
22:38 / 14.02.2025