Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidentining baxshichilik san'atiga bag‘ishlab yozgan kitobi O‘zbekiston Madaniyat vaziriga topshirildi
Turkmaniston Madaniyat vaziri o‘rinbosari Qurbonmurodov mamlakat rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov muallifligida chop etilgan «Baxshi xalq baxtini yetkazar» nomli kitobini O‘zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevga tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Turkmanistondan, qardosh xalq va qo‘shni mamlakatdan tashrif buyurib, festival mehmoni bo‘lib turganingizdan mamnunman. Ikki davlat rahbarlarining yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlashi, ijtimoiy-siyosiy hayotda kuzatilayotgan ijobiy o‘zgarishlar bizni ham quvontiradi», — deydi O‘zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev.

Turkmanistonlik mehmon Sayfullayevga Gurbanguli Berdimuhammedovning baxshichilik san'atiga atab yozgan kitobini sovg‘a qildi.


Shuningdek, festivalning ilk kuniga Tojikiston Madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzoda ham yetib kelgani haqida xabar berilgandi. Uch mamlakat Madaniyat vazirligi rahbarlari samimiy suhbatdan so‘ng, esdalik uchun suratga tushishdi.
Mavzuga oid
20:47 / 22.05.2025
AQSh gazetasi SI tomonidan o‘ylab topilgan soxta kitoblar ro‘yxatini chop etdi
00:26 / 14.05.2025
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
08:55 / 19.04.2025
Turkiyadan kelgan fuqarodan 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi
12:19 / 12.03.2025