Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marhamatlik tadbirkor o‘zi ta'lim olgan maktabga kitoblar va kompyuter jamlanmalari sovg‘a qildi
Ommaviy axborot vositalarida o‘zi ta'lim olgan maktabiga kitoblar sovg‘a qilayotgan amaldorlar, turli kishilar haqida ko‘plab xabarlar berilyapti. Ularning mazkur ishlari keng ommaga ibrat sifatida yoritib borilmoqda.
O‘tgan yilning dekabr oyida Andijon viloyati, Marhamat tumanida tadbirkorning o‘z mablag‘iga qurilgan bog‘chani hamqishloqlariga sovg‘a qilgani haqida xabar berilgandi.

Kuni kecha tadbirkor Qobiljon Obidov o‘zi ta'lim olgan 24-umumiy o‘rta ta'lim maktabiga 100 dona kitob, kompyuter jamlanmalari hamda 10 ming dona elektron shakldagi kitoblar sovg‘a qildi.

Tashkil qilingan mo‘'jaz tadbirda tuman mutasaddilari va homiy tadbirkor o‘quvchilarga inson kamolotida kitobning o‘rni haqida gapirib o‘tdilar.

Qobiljon Obidov o‘tgan oyda poytaxtdagi Muqimiy teatriga ham kitoblar taqdim etib, kutubxona tashkil qilgan edi.

Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
20:47 / 22.05.2025
AQSh gazetasi SI tomonidan o‘ylab topilgan soxta kitoblar ro‘yxatini chop etdi
08:55 / 19.04.2025
Turkiyadan kelgan fuqarodan 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi
12:19 / 12.03.2025
Nyu-Jyersidagi kutubxonadan 99 yil avval olingan kitob qaytarildi
10:29 / 06.02.2025