Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘lda talaba qasddan odam o‘ldirishga urindi
2019 yil 7 aprel kuni soat 01:30larda Yangiyo‘l tumani “Ahil” mahallasida yashovchi A.A. (1993 y.t, Toshkent davlat agrar universitetining 3-bosqich talabasi) shu mahalladagi “Senyor Pomidor pasta & BBQ” kafesi oldida fuqaro B.X. (1992 y.t, ishsiz) bilan rashk sababli janjallashgan.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, u yonidagi pichoq bilan B.X.ni qasddan o‘ldirish maqsadida yurak sohasiga 2 marotaba, bo‘yin qismi va chap son sohalariga bir marotaba urib, tan jarohatlari yetkazgan.
Shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida B.X.ning hayoti saqlab qolingan.
Shu kunning o‘zida Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
A.A. tegishli protsessual tartibda ushlangan, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
16:48 / 28.03.2025