Jahon | 22:20 / 09.04.2019
6135
1 daqiqa o‘qiladi

Sinay yarimorolidagi portlashda 7 kishi halok bo‘ldi

Misrning Sinay yarimoroli shimolidagi Shayx Zubayd shahri bozorlaridan birida terrorchi-xudkush o‘zini portlatishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 26 kishi yaralandi.

“Xavfsizlik kuchlari tomonidan bozor patrul qilinayotganda, 15 yoshlar atrofidagi xudkush o‘zini politsiya kuchlari yaqinida portlatgan. Buning oqibatida 2 zobit va 2 politsiyachi hamda 3 nafar fuqaro halok bo‘lgan, yana 26 kishi jarohat olgan”, deyilgan xabarda.  

Ma'lum qilinishicha, portlash bozorni qo‘riqlagan xavfsizlik kuchlari xodimlariga qaratilgan bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid