Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi hovlida chaqnash yuz berdi. 11 yoshli bola kuyish jarohati oldi
Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida 14 aprel kuni soat 17.20larda Guliston mahallasida yashovchi 11 yoshli 4-sinf o‘quvchisi S.N. uyi hovlisida o‘choqqa yelim idishda bo‘lgan gaz kondensatini sepgan vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada S.N. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanayotganingizda yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya qiling. Shu bilan birga, yoqilg‘i mahsulotlaridan yosh bolalar foydalanishiga yo‘l qo‘ymang”, - deyiladi IIV xabarida.
Mavzuga oid
22:34 / 21.08.2024
Qashqadaryoda gaz quvuridagi yong‘in oqibatlari bartaraf etildi
07:42 / 01.11.2023
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari tuman hokimligiga qaytarildi
11:07 / 17.11.2020
«Endi vrachlarga bir og‘iz qattiq gapirmayman» – Qaynona tug‘ruqxona xodimlarining xizmatini e'tirof etdi
16:22 / 12.09.2020