Jahon | 22:34 / 21.08.2024
4559
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda gaz quvuridagi yong‘in oqibatlari bartaraf etildi

Nishon tumanidagi gaz quvurida yuzaga kelgan yong‘in oqibatlari to‘liq bartaraf etilgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Videodan kadr

21 avgust kuni soat 11:35 da Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, «Shirinobod» konidagi Epsilon korxonasiga qarashli quduqlar oralig‘ida diametri 426 mm bo‘lgan quvurdan gaz sizib chiqish holati oqibatida yong‘in yuzaga keldi.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, yong‘in oqibatlari to‘liq bartaraf etildi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

«Nishon tumanidagi gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik soat 19:50 da to‘liq bartaraf etilib, gaz quvuriga gaz olish boshlandi», deyiladi xabarda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid